Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya Suriya bilan chegarada “tinchlik yo‘lagi” tashkil qilish niyatida

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Turkiya hukumati Turkiya – Suriya chegarasi bo‘ylab “tinchlik yo‘lagi” tashkil qilish niyatida. 

Turkiya Suriya chegarasi hududini terrorchilardan tozalash yo‘li orqali xavfsiz hudud tashkil qilish maqsadida. Dushanba kuni Turkiya Mudofaa Vazirligi rahbari Xulusi Akar Pentagon rahbari Mark Espar bilan telefon orqali so‘zlashdi. Suhbat chog‘ida Suriyada xavfsizlik hududi masalasi muhokama qilindi.

Oldinroq AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Djeyms Djeffri Suriyaning shimoliy sharqida Amerika harbiylari va Kurd tuzilmalari quriqlaydigan xavfsiz hudud tashkil qilish masalasi bo‘yicha AQSh Turkiya bilan muzokara olib borayotganini ta’kidlagan edi. Harbiy harakatlar Suriyada 2011 yildan beri davom etmoqda. 2017 yil may oyida Ostonadagi muzokaralar chog‘ida Rossiya, Eron va Turkiya vakillari tomonidan to‘rtta hudud tashkil qilingan edi. 2018 yili ulardan uchtasining hududi Damashq nazoratiga o‘tgandi. Idlib viloyatida joylashgan to‘rtinchi hududning ko‘p qismini terrorchilar egallab olgan.