Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyadagi saylovlarda kim g‘olib bo‘ldi?

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an o‘zi rahbarlik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasining munitsipal saylovlarda g‘alaba qozonganligini e’lon qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Partiya vakillarining nomzodlari saylovlar bo‘lib o‘tgan 16 ta shahar va 778 munitsipalitetda g‘alabani qo‘lga kiritgan. Endi partiya vakillari mahalliy hokimiyat organlarining qariyb 56 foizini boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, siyosiy jarayonda ayrim saylov uchastkalarida partiya tarafdorlarining o‘zaro to‘qnashuvlari natijasida to‘rt nafar turk fuqarosi halok bo‘lgan.