Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda do‘kondan 7 ta telefonni o‘g‘irlagan yigitlar ushlandi

2021 yil 16 yanvar kuni Urgut shahar Yuqori Kalangar mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U. tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Unda yozilishicha, 2021 yil 9 yanvar kunidan 10 yanvar kuniga o‘tar kechasi Urgut shahar Yuqori Kalangar mahallasi hududida joylashgan telefon apparatlarini sotish do‘koni eshigini noma’lum shaxslar buzib ochgan va do‘konida bo‘lgan jami 10 million so‘mlik 7 dona qo‘l telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan.

Urgut tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu o‘g‘rilik jinoyatini Urgut shahar Andak mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.O., I.D., Yuqori Kalangar mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.I. va A.X. sodir qilganligi aniqlanib, ulardan telefonlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.