Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi

Bu “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.

Qayd etilishicha, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligining bu haqdagi takliflariga rozilik berilgan.

Mazkur qaror bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.