Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda noqonuniy savdo qilayotgan, yashirin sex ochgan “tadbirkorlar” fosh bo‘ldi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida urgutlik yakka tartibdagi tadbirkor Farhod Rustamov o‘ziga tegishli savdo do‘konida spirtli ichimliklar bilan tegishli hujjatsiz savdo qilayotgani, Soyguzar mahallasida yashovchi Ibrohim Obloberdiyev savdo do‘koni oldida noqonuniy benzin savdosini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi. Natijada ular tomonidan sotuvga qo‘yilgan spirtli ichimliklar va benzin daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, Urgut tumani, Jozmon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bunyod Meliyev beton plita va kafel tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Lekin tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan. Bundan tashqari yashirin sexda 4 nafar fuqaroni norasmiy ishga yollangani ham ma’lum bo‘ldi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.