Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Usmonxon Alimov Rossiyada mehnat migrantlari bilan uchrashdi

Shu yilning 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida o‘tkazilgan “Global dunyodagi islom: musulmon merosi va madaniyatlararo muloqot” mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Safar davomida muftiy Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda samimiy suhbat uyushtirilib,  o‘zbekistonlik ishchilarning muammolari o‘rganildi.