Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazadi

Joriy yilning 13 iyul kuni soat 08:00 da Kattaqo‘rg‘on shahar, A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi uchun mo‘ljallangan sayyor qabulda sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar bo‘lsa, murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Kattaqo‘rg‘on shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 63-uy.

Mo‘ljal: Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri.

Ma’lumot uchun telefon: (66) 235-62-36.