Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari haqida ochiqcha izoh berdi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari haqida izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, namoyishchilar va qonun himoyachilari xodimlarining xatti-harakatiga izoh berish chog‘ida, vaziyatni to‘qnashuvgacha olib kelishga hech kimning haqqi yo‘q, aybdorlar esa jazolanishi kerak, deb prezident bayonot berdi.  

Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, mamlakat poytaxtida yuzaga kelgan namoyish va noroziliklar yaqinlashib kelayotgan saylovoldi tadbirlari bilan bog‘liq. Vladimir Putin bu holatni sentyabr oyida hukumat a’zoligiga bo‘lib o‘tadigan hududiy saylovlar shu qatorda Moskvada bilan ham izohladi.

Rossiya Prezidenti rossiyaliklarni amaldagi qonunchilik doirasidan chetga chiqmagan holda tinch namoyishlar o‘tkazishga to‘liq haqlari borligini va hukumat a’zolari bunga hech qanday to‘sqinlik qilishlari kerak emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Vladimir Putin iyul va avgust oylarida hukumat tomonidan tasdiqlangan namoyishlar bo‘lib o‘tganini va ular tinch va har xil ko‘ngilsizliklarsiz o‘tganini ta’kidladi.

“Men bundan keyin ham bizda hammasi shunday tarzda o‘tishini xohlardim, boshqa mamlakatlardagidek – ko‘ngilsizliklarsiz va qonun buzilishisiz” – dedi Putin.