Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq qabulxonasi xodimlari xalq dardini tinglamoqda, muammolarini hal qilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi, sektorlar rahbarlari bilan aholining dardu tashvishlari eshitilishi yillar davomida to‘planib qolgan muammolarga yechim topish, jamiyatda adolatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Bu o‘z navbatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shahar va qishloqlarning obod bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

Xususan, Samarqand tumani Mironqul mahallasida ichimlik suvi dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Xalq qabulxonasi tomonidan berilgan taklif asosida mahallada suv inshooti bunyod etilishi uchun mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratilib, tegishli ishlar boshlandi.

Albatta, murojaatlarda ayrim mutasaddilarning beparvoligi, buning oqibatida ba’zi fuqarolarning qiyin ahvolga tushib qolganligini ham kuzatish mumkin.

Misol uchun, Angarolmos mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Rahbar Po‘latovaning qurilish materiallari bilan ta’minlash yuzasidan murojaati joyida hal etildi. Ta’kidlash lozimki, bu fuqaroning oilasida 2 nafar nogiron shaxsning borligi inobatga olinib, doimiy ravishda amaliy yordam berib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Gulobod mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi To‘ti Xo‘jamamedovaning murojaati o‘rganilganda haqiqatda fuqaroning yashash sharoiti og‘irligi va davolanish uchun moddiy yordamga muhtojligi aniqlandi va tegishli tartibda dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

Ilhom MURODOV,

Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.