Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro xayriya yarim marafoniga tayyorgarlik ishlari avjida

Registon maydonida bo‘lib o‘tadigan “Samarkand Half Marathon” marafoniga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur marafonda bahslar uch bosqichda amalga oshiriladi: 10 kilometr masofaga soat 9:00 da, 21 kilometrga soat 09.05 da va 2 kilometrga soat 12:15da start beriladi.

Registon maydonidan boshlanadigan marafonga shaharning mashhur Bibixonim masjidi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi hamda Ruhobod, Amir Temur maqbarasi kabi diqqatga sazovor maskanlari joylashgan ko‘chalar bo‘ylab o‘tadigan o‘ziga xos marshrut tanlangan.

Ealatib o‘tamiz, 1-3 noyabr kunlari “Samarkand Half Marathon” Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yarim marafonda tajribali hamda havaskor yuguruvchilar ishtirok etishi mumkin.