Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xayriya markazi ehtiyojmand oilalarga mahsulot yetkazishni boshladi

Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshidagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi jamlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga yetkazib berishni boshladi.

Mahsulotlar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq ko‘rikdan o‘tkazilib, qabul qilinmoqda. Tegishli tartibda taqsimlanib, manzilga yetkazilmoqda. Xayriya yordamlari ortilgan transport vositalari ham to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkazilgan.

- Shu paytga qadar 1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ to‘plandi, - deydi viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sherali Iskandarov. – Shuningdek, markazga 60 tonnaga yaqin 9 turdagi mahsulotlar keltirilgan. Bu mahsulotlar viloyatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

Markazda “Call-sentr” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, «1197» qisqa raqamli telefon xizmati orqali yordamga muhtoj fuqarolar, xayriya qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar va boshqa saxovatpesha insonlar murojaatlari qabul qilinmoqda. Shu paytga qadar markazga 700 dan ziyod murojaatlar bo‘lgan.

Baxtiyor MUSTANOV.