Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijdagi 1243 nafar vatandoshimiz mamlakatimizga charter reyslar orqali qaytarildi

Vatandoshlarni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

2020 yil 8-12 may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar vatandoshimiz mamlakatimizga charter reyslarida qaytarildi.

13 may kuni taxminan soat 19:00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.

24 mayga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan (yangilangan):

14 may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
15 may. Toshkent – Singapur – Kuala-Lumpur – Toshkent;
16 may. Toshkent – Rostov-Donu – Toshkent;
17 may. Toshkent – Qozon – Toshkent;
18 may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
19 may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;
20 may. Toshkent – Moskva – Toshkent;
21 may. Toshkent – Istanbul – Toshkent;
22 may. Toshkent – London – Toshkent;
23 may. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent;
24 may. Toshkent – Sharja – Toshkent.