Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yo‘lovchi avtobusida otlarni tashigan haydovchiga chora ko‘rildi

2019 yilning 23 dekabr kuni “44-Aviasozlar – Gulobod» yo‘nalishida qatnovchi «MAN» rusumli avtobusda 2 ta ot olib ketilayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqadi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari»ning 15-bandiga muvofiq avtobusda tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanishi belgilangan.

Ushbu tartib-qoidani bilgani holda haydovchi B.Tojiboyev hamda chiptachi T.Ikromovlar yo‘lovchilar xavfsizligi hamda transport vositasiga texnik shikast yetkazishi mumkinligini o‘ylamay, avtobus saloniga otlarning olib kirilishiga ruxsat bergan.

Ushbu holat «Toshshahartransxizmat» AJ va avtobus saroyi jamoalari o‘rtasida muhokama qilingan. O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani uchun chiptachi T.Ikromov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Haydovchi B.Tojiboyevga nisbatan hayfsan e’lon qilingan.