Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yuk avtomashinasida 1305 kilogramm rangli metallar yashirilgani aniqlandi

Tarkibida rangli metallar bo‘lgan agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketishga urinish holatlari uchrab turibdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.K. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy og‘irligi 1305 kilogramm bo‘lgan mis, alyuminiy va magniy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jismoniy shaxslar metall parchalarini erkin narxlarda “O‘zmetkombinat” va “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.