Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yuk mashinasi haydovchisi temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi

2011 yilda “Toshkent-Samarqand”, 2015 yilda “Toshkent-Samarqand-Qarshi” hamda 2016 yil sentyabr oyidan “Toshkent-Samarqand-Buxoro” yo‘nalishlari bo‘yicha “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda haftaning har kuni belgilangan vaqtlarda ushbu tezyurar elektropoyezdlarning muntazam qatnovi amalga oshirilmoqda.

“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi Narpay tumani hududida joylashgan temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida barcha temir yo‘l kesishmalari rekonstruksiya qilinib, qo‘riqlanadigan toifaga o‘tkazildi va muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Temir yo‘l kesishmalarida sodir bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalari fuqarolarning ulimi yoki tan jarohati bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib kelishi bilan birgalikda transport vositalari va poyezdlarning texnik nosoz hamda tashilayotgan yuklarning yaroqsiz holatga kelishiga, ularning harakatlanishi ma’lum vaqtga to‘xtab qolishiga, bu esa o‘z navbatida davlatimizga katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazilishiga olib kelishini unutmasligimiz zarur.

Bunday noxush holatlarning oldini olish borasida tuman IIB YHXG xodimlari tomonidan doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilayotganligi hamda qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilayotganligiga qaramasdan, ayrim fuqarolar (haydovchilar) tomonidan temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda “Yo‘l harakati qoidalari” talablarini buzish holatlari hanuzgacha davom etmoqda.

Misol uchun, Narpay tumani, Islom Shoir MFY, Durmon qishlog‘ida yashovchi fuqaro, 1995 yilda to‘g‘ilgan Eshniyozov Sh. 2019 yil 21 noyabr kuni o‘z boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli 30 K 037 QA yuk avtomashinasida tuman hududidan o‘tuvchi, qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tishda “Yo‘l harakati qoidalari” talablarini buzganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 130-moddasi 1-qismini qo‘llagan holda eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida, ya’ni 669000 so‘m jarimaga tortilgan.

J.ISMATULLAYeV,

Narpay tumani IIB YHXG katta inspektori vazifasini bajaruvchi, katta leytenant.