Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YUNESKO Umumjahon merosi eksperti Feng Jing boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda nimalarni muhokama qilmoqchi?

Mamlakatimizda bo‘lib turgan YUNESKO Umumjahon merosi markazi va IKOMOS eksperti Feng Jing boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Delegatsiya 13-16 yanvar kunlari madaniyatlar chorrahasi hisoblangan Samarqand shahrining tarixiy hududida olib borilayotgan qurilish,  obodonlashtirish ishlari bilan tanishishni rejalashtirgan.

Ayni paytda delegatsiya vakillari shahar hokimi B.Obloqulov va tegishli vazirliklar hamda viloyat hokimligi mutasaddilari bilan belgilangan masalalarni muhokama qilishmoqda. Muloqot davomida delegatsiya a’zolari Bibixonim madrasasining bugungi holati bilan tanishganini ta’kidlab, uni  qayta tiklash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Ta’kidlanishicha, delegatsiyaning uch kunlik o‘rganishlari yakunida Samarqandni YuNESKO ro‘yxatidan chiqarish yoki qoldirish masalalari muhokama qilinadi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.