Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019 yilning 1 iyunidan 20 iyunigacha (shu kuni ham) qabul qilindi.

Hujjat topshira olmagan ko‘plab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari bo‘yicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17 avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilndi.

Shunga ko‘ra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yana boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Mamlakatimizning eng nufuzli kollejlaridan biri hisoblangan yuridik kollej o‘quvchisiga aylanish imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang.