Jurnalistlar va yoshlar uchrashuvi: Tajriba, mulohaza va ilhom
Xorazm viloyatidagi Urganch davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish maqsadida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar — Farmon Toshev va Abdulla Sobirov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida taniqli jurnalistlar o‘zlarining ko‘p yillik ijodiy faoliyati, matbuot sohasida to‘plagan tajriba va kuzatuvlari haqida atroflicha fikr bildirdi. Ular jurnalistikaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, so‘z erkinligini ta’minlash va axborot makonida mas’uliyatli faoliyat yuritishning ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, Farmon Toshev o‘zining jurnalistlik yo‘li, turli davrlarda yozgan dolzarb mavzulardagi maqolalari, tadqiqotlari, nashr etilgan kitoblari, xususan, Samarqand tarixi va bugungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. U yoshlarga ijodiy izlanish, manbalar bilan ishlash, voqelikka xolis yondashish kabi muhim jihatlar bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.

Tadbirda ishtirokchilar professional mahorat, ijodiy yondashuv, muvaffaqiyat qozonish sirlari hamda zamonaviy media muhitida to‘g‘ri yo‘l tanlash borasida qimmatli tavsiyalar oldilar.