10 kunda 100 ming gektar g‘allani oziqlantirib bo‘ladimi?

G‘alladan mo‘l hosil olishning birinchi sharti o‘simlikni sifatli oziqlantirish. Shu bois g‘allakorlarimiz 2020 yil hosili uchun 101 mingdan ortiq maydonda parvarishlanayotgan g‘alla hosilini ikkinchi oziqlantirish ishlarini boshlashdi.

Mavsumni sifatli o‘tkazish uchun 720 dan ortiq muhandis-texnik xodimlar jalb etildi, 242 ta otryad tuzildi va har bir otryadga bittadan tirkamali traktor biriktirildi, 396 ta mineral o‘g‘it sepish moslamalari hozirlandi.

Viloyatimizdagi g‘alla maydonlari uchun zarur bo‘ladigan 20 ming 200 tonna o‘rniga 37 ming 300 tonna azotli o‘g‘it zaxirasi yaratildi. Dala mehnatkashlarining sa’y-harakati bilan 15 fevralgacha g‘allani oziqlantirishni yakunlash rejalashtirilgan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.