10-sinf o‘quvchisi 34 yoshdagi shaxs bilan yuk vagondan taxta o‘g‘irlagani aniqlandi

Kecha, 23 iyun kuni soat 04:00 larda “Kuchlik” temir yo‘l bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘limiga harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi o‘qchisi telefon orqali “Kuchlik-To‘ytepa” temir yo‘l bekatlarining 38-39 kilometrlari oralig‘ida yuk vagondan taxta mahsulotlarining noma’lum shaxslar tomonidan tushirilayotganligi haqida xabar berdi.

Olib borilgan tadbir davomida “Chuqursoy-Pop” yo‘nalishidagi yuk poyezdining vagonlaridan po‘lat mahsulotlarini ushlab turishi uchun qotirilgan taxtalarni Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolar - 1986 yilda tug‘ilgan B.B. va voyaga yetmagan 10-sinf o‘quvchisi O.O. jami 32 dona taxta mahsulotlarini vagondan tushirganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib va yetkazilgan zarar miqdorlari aniqlanmoqda.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, surishtiruvni “Kuchlik” temir yo‘l bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi olib bormoqda.