100 kunda 44,2 milliard so‘mlik muammoli kreditlar undirilgan
- 24.10.2020 18:05
- 114
- Iqtisodiyot
Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n beshinchi sessiyasida ma’lum qilishicha, joriy yil 1 iyul holatiga 761 ta bank mijozlaridan 307,8 milliard so‘mlik kreditlari qoldig‘idan 108,1 milliard so‘m muammoli kredit qarzdorligi bor edi.
Ushbu muammoli kreditlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, 1 iyuldan 12 oktyabrgacha 44,2 milliard so‘m (41,2 foiz) undirildi. Qolgan 63,8 milliard so‘m qarzdorlikni undirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
100 million so‘mdan yuqori muammoli kredit qarzi bo‘lgan 59 ta korxonaning 78,5 milliard so‘mlik muammoli kreditlarining 1 iyuldan 12 oktyabrgacha bo‘lgan davrda 28,2 milliard so‘m (36 foizi) undirildi.
Teglar:
kreditlar