Toyloqda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.

Xususan, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.Ya. bank muassasasi mas’ul xodimlari bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, “S.M.” MChJga 800 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni soxta monitoring dalolatnomalari tuzish orqali  “R.T.” MChJga uskuna olish uchun o‘tkazish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.