Past Darg‘omda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan oilaviy korxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Juma filialining murojaatiga asosan "M.B.” oilaviy korxonasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.N. onasi nomiga “M.B.” oilaviy korxonasi tashkil etib, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini olish maqsadida bankdan 400 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, xarid qilgan uskunalarni naqd pulga sotib yuborish yo‘li bilan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan. Bank filiali boshqaruvchisining sobiq o‘rinbosari K.N. esa kredit garov ta’minotiga qo‘yilgan avtotransport vositasini taqiqdan chiqarib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.