1000 dollar evaziga qizchaning ism-familiyasini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Samarqandlik fuqaro qizini AQShga yuborish uchun uning familiyasi va ismini o‘zgartirmoqchi bo‘lib o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Z.D.ga murojaat qilgan. Z.D. mazkur masalani hal qilishda ularga O. ismli hamkasbi ham yordam berishini aytgan.

Shundan so‘ng, ushbu fuqaro Z.D. qizning otasini roziligisiz familiyasi va ismini o‘zgartirish masalasini O. bilan birgalikda o‘zlarining tanishlarini moddiy manfaatdor etish orqali hal qilib berishini aytib, evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.

Joriy yilning 10 mart kuni Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Z.D. va O.lar ariza muallifidan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.