101 yoshli ziyoratchi Haj ibodatini ado etish uchun keldi

Saudiya Arabistoniga 101 yoshli Atar Bibi Haj ziyoratini ado etish uchun yetib kelgani ma’lum qilindi. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi, deb yozmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Ushbu ulug‘ yoshli ziyoratchi Madina aeroportida Saudiya Arabistonining Haj vazirligi vakillari tomonidan kutib olingan. Atar Bibiga uning 60 yoshli o‘g‘li va qizi hamrohlik qilayotgani aytilgan. Atar Bibi Haj-2019 mavsumining eng yoshi ulug‘ ziyoratchisi ekani qayd etilgan.