17 ming tup ko‘chat qayerga ekiladi?
- 27.02.2020 18:04
- 329
- Samarqand
2018-2019 yillarda “Samarqandyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi tomonidan viloyatimizdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylariga 79 mingdan ortiq eldor qarag‘ayi, mojevelnik, yapon saforasi, katalpa, tuya, klyon, yasen, jiyda, tut va boshqa shu kabi 25 turdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekdi.
Korxona tomonidan joriy yil bahor mavsumida viloyatimizning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘l bo‘ylariga 17 mingdan ziyod manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Payariq, Oqdaryo, Narpay, Jomboy, Paxtachi tumanlari hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi xalqaro yo‘l bo‘ylariga mojevelnik, eldor qarag‘ayi, tut, katalpa, dub va boshqa turdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.