18 yoshli fuqaro “Captiva” ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi
- 25.07.2020 12:25
- 607
- Hodisa
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida “Captiva” avtomobilini haydab ketayotgan, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro YTH sodir etib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa 24 iyul kuni soat 12:10 larda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasi hududidan o‘tgan 4R-33 avtomobil yo‘lining “Nayman-Dashtobod” yo‘nalishining 29-kilometrida sodir bo‘lgan.
Fuqaro U.X. hech qanday tegishli hujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli “Captiva” avtomashinasini haydab ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida avtomashina ag‘darilib ketgan.
Holat yuzasidan Sardoba tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
YTH