Urgutda 1900 yilda tug‘ilgan onaxon biometrik pasport olyapti

Xodimlarning aytishicha, bo‘lim faoliyatida bunday holat kuzatilmagan.

– Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2018 yil davomida 45 mingdan ortiq fuqarolarga pasport tarqatildi, – deydi Urgut tumani bo‘yicha IIOFMBM va FRB boshlig‘i, podpolkovnik Komil Ahmedov. – Tumandagi Muruvvat uyida istiqomat qilayotganlar, keksa va nogironlarga alohida qulaylik yaratishga harakat qildik. Shu kungacha 600 dan ortiq fuqarolarning uyiga borib xizmat ko‘rsatildi va fuqarolik pasporti yetkazib berildi.

Eng qizig‘i, yaqinda pasport stolga Pochvon mahallasi G‘oyibota qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 118 yoshli onaxon – Ulug‘ Olimova fuqarolik pasporti olish uchun keldi. IIB xodimlari Yangi yil bayrami arafasida 1900 yilda tug‘ilgan momoning pasportini sovg‘a qilishmoqchi!