2018 yil O‘zbekistonda eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi. Viloyatlar orasida Samarqand yetakchi
Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2018 yil O‘zbekiston tarixida eng ko‘p tug‘ilish kuzatilgan yil sifatida qayd etildi.
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 768,3 ming nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 23,3 promilleni tashkil etdi hamda 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,2 promillega oshganligi kuzatildi.
Chaqaloqlarning 400,9 ming nafari o‘g‘il bolalarni, 367,4 ming nafari qizlarni tashkil etadi.
Tug‘ilishlar soni viloyatlar kesimida quyidagicha:
- Samarqand viloyatida 98,7 ming;
- Qashqadaryo viloyatida 82,1 ming;
- Farg‘ona viloyatida 81,2 ming;
- Andijon viloyatida 72,2 ming;
- Surxondaryo viloyatida 68,1 ming;
- Namangan viloyatida 66,5 ming;
- Toshkent viloyatida 59,3 ming;
- Toshkent shahrida 46,3 ming;
- Buxoro viloyatida 40,2 ming;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 40,1 ming;
- Xorazm viloyatida 40,1 ming;
- Jizzax viloyatida 33,8 ming;
- Navoiy viloyatida 21,5 ming;
- Sirdaryo viloyatida 18,3 ming;