2020 yilda 2514 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini attestatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan

Yangi tartibga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tish davriyligi 9 yildan 5 yilga, attestatsiya davomiyligi esa 10 kundan 3 kungacha qisqartirildi. 

Attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiya avvalgidek, tuman (shahar) hokimligi tomonidan emas, balki bevosita xalq ta’limi bo‘limi tomonidan boshqarilishi belgilandi.

Shuningdek, attestatsiyadan “shartli o‘tdi”, degan tushuncha bo‘lmaydi. Attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim muassasalarining nafaqat rahbarlariga nisbatan, balki kamchilikka yo‘l qo‘ygan pedagog-xodimlarga hamda ularni nazorat qilmagan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi metodistlariga nisbatan ham intizomiy choralar ko‘riladi.

Feruza MADRAHIMOVA.