2021 yil Past Darg‘omda 47 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi binolar quriladi

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan ushbu mahalla ma’muriy binolari qurilishida tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlarga yetarlicha imtiyozlar beriladi.

Jumladan, tashabbuskor tadbirkor mahalla binosi qurilishi uchun ajratilgan yer maydonidan belgilangan me’yorlar asosida, ya’ni 136 kvadrat metr qurilish maydonidan 7 xonadan iborat mahalla ma’muriy binosi qurib berilishi belgilandi. Qolgan yer maydonida tadbirkorga maishiy xizmat shoxobchasi hamda savdo markazlari qurish huquqi beriladi.

 

Bugun Past Darg‘om tumanida 107 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, shundan 60 tasi o‘z binosiga ega. Qolgan 47 mahalla tashkilot-korxona va tadbirkorlarga tegishli binolarda ijarada faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda bu loyihani amalga oshirish maqsadida 11 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ma’muriy bino qurish uchun tuman hokimining qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Qolgan 36 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ma’muriy bino qurishni tashkil etish maqsadida tuman hokimligi ishchi guruhi ish olib bormoqda.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.