2023 yilgacha 57 ming gektardan ortiq maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi
Samarqand viloyatida 2020-2021 yillarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar natijalarini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Unga ko‘ra, viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining o‘quv dala uchastkalarida 1 gektar maydonda har xil turdagi suv tejovchi texnologiyalarning ko‘rgazmali uchastkalari tashkil etiladi.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etadigan tashabbuskorlar aniqlanib, 2020 yilda 4518 gektarda tomchilatib, 170 gektarda yomg‘irlatib, 100 gektarda diskret sug‘orish, 6800 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida;
- 2021 yilda 17190 gektarda tomchilatib, 168 gektarda yomg‘irlatib, 100 gektarda diskret sug‘orish tizimi, 5500 gektarda egiluvchan quvurlar orqali;
- 2022 yilda 6240 gektarda tomchilatib, 350 gektarda yomg‘irlatib, 300 gektarda diskret sug‘orish tizimi, 3900 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida;
- 2023 yilda 7488 gektarda tomchilatib, 500 gektarda yomg‘irlatib, 400 gektarda diskret sug‘orish tizimi, 3420 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish tizimi joriy etiladi.
F.RADJABOV,
“Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i.