24 000 dona pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi
- 11.11.2020 10:30
- 76
- O‘zbekiston
Pirotexnika vositalarining yurtimizga turli nayranglarni qo‘llagan holda, yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada fuqaro A.O.ga tegishli bo‘lgan shartli xaridorga sotish maqsadida olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 24 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
DBQ matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
Pirotexnika vositalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb