25 yoshli haydovchi «Lasetti»sida YPX inspektorini urib ketdi
- 18.10.2019 14:29
- 327
- O‘zbekiston

Bugun, 18 oktyabr kuni soat 08:00 da Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, «Lasetti» avtomobilining 25 yoshli haydovchisi A.R. ushbu kesishmada yo‘l harakati tartibiga rioya qilinishini nazorat qilib turgan YHXB YPX inspektori, leytenant M.D.ni urib ketgan.
"Toshkent shahar IIBB xodimi tan jarohati olgan va kasalxonaga olib ketilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Teglar:
Lacetti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- Kecha, 16:47
- Jamiyat