27 yoshli yigit xotini va qizini vahshiylarcha o‘ldirdi, keyin o‘zini osdi
- 09.01.2020 11:11
- 1051
- Jinoyat va jazo
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kecha, 8 yanvar kuni soat 12:00 larda Amudaryo tumani Qipchoq ovulida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.D.ga tegishli xonadonning yotoqxonasidan uning rafiqasi - 1995 yilda tug‘ilgan F.Sh. yuzining jag‘ va bo‘yin sohasida tan jarohatlari bo‘lgan holda va voyaga yetmagan - 2017 yilda tug‘ilgan qizi A.S.ning bo‘g‘ishga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari topildi.
Omborxonadan esa xonadon egasi S.D.ning o‘z joniga qasd qilib, o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan holdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda tergov xarakatlari olib borilmokda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuroniylarning miyasi qarimaydi
- 45 daqiqa avval
- Mutolaa
Bobur suratdagidek bo‘lganmi?
- 58 daqiqa avval
- Ta’lim
Konfet niqobidagi og‘u
- Kecha, 20:30
- Jinoyat va jazo
Joul Qosimda hamma ishli bo‘ladi
- Kecha, 20:12
- Samarqand