44 ming dollar evaziga fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni noqonuniy ravishda Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborish bilan shug‘ullanib kelayotgan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi.

Aniqlanishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi A.D. Past Darg‘om tumanida yashovchi sherigi M.Sh. bilan til biriktirgan holda AQShda vaqtincha istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi orqali mahalliy fuqaroni «O‘zbekiston-Ispaniya-Meksika-AQSh» marshruti orqali noqonuniy ravishda AQShga yuborish 44 ming dollar so‘rab, oldindan 40 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.