46 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi

Jomboy tumanining “Sarichashma” qishlog‘ida yashovchi Suslov Valentin Pavlovich 46 yildan buyon hech qanday hujjatsiz yashab kelgan. Chunki oiladagi turli sabablar bois, u vaqtida tug‘ilganlik guvohnomasi ololmagan. Shu tariqa unga shu paytga qadar shaxsini tasdiqlovchi pasport ham berilmagan.

Jomboy tumani FHDYo bo‘limi tomonidan sud qarori asosida ushbu fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, 46 yillik muammo bartaraf etildi. Uning tug‘ilganligi tiklandi. Tug‘ilganlik guvohnomasi unga tuman FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan sayyor tartibda topshirildi.

Endi Suslov Valentin Pavlovich FHDYo bo‘limining mana shunday ko‘magidan so‘ng pasport olish niyatida. Darhaqiqat, tashrif davomida oilaning bugungacha shar’iy nikoh asosida yashab kelayotganligi aniqlandi. Tez orada mazkur masala ham hal qilinib, er-xotin qonuniy nikohdan o‘tkaziladi.

DXA Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.