DXA: Gerbli guvohnomalarni qo‘lda to‘ldirish bekor qilindi, ularni faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etild

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ilgari FHDYo organlari tomonidan beriladigan gerbli guvohnomalar bilan bog‘liq savollar muhokamasi ko‘paymoqda.

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ushbu vaziyatga oydinlik kiritib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilinib, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etilganini ma’lum qiladi.

Guvohnomaga barcha ma’lumotlar elektron shaklda kiritilgach, ota-ona, uning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘g‘riligi va ular e’tirozi bor-yo‘qligini aytish uchun chop etilishidan avval ko‘rsatilishini FHDYo idorasi xodimidan talab qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, FHDYo organlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi 1148 telefoni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali murojaat qilishingiz mumkin.