6 oyda 267 nafar og‘ir turmush sharoitdagi ayollarga uy-joy qurilishi uchun boshlang‘ich badal to‘lab berildi
- 19.06.2019 10:03
- 110
- O‘zbekiston

Bugungi kunda 1 ming 576 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxatlari shakllantirilgan va hududiy komissiyalar tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganilmoqda.
2019 yil yakuniga qadar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 1 ming 576 nafar ayolga uylarni topshirish belgilangan.
Ushbu uylarning boshlang‘ich badali Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarga asosan to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 1 iyuniga qadar 267 nafar uy-joyga muhtoj og‘ir turmush sharoitidagi va nogironligi bo‘lgan ayollarga uy-joy qurilishi uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badallari to‘lab berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat