75 ta normativ-huquqiy hujjatda 302 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan
- 07.03.2022 16:05
- 68
- Qonun va hujjatlar
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalariga oid 226 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan. Ularning 75 tasida 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.
Tahlillar ularning 124 tasi qurilish, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 91 tasi oliy ta’lim, 46 tasi davlat xaridlari sohalariga to‘g‘ri kelishligini ko‘rsatgan.
Aniqlangan korrupsiyaviy omillarning tahlili mazkur hujjatlarda “normativ huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlarning mavjudligi” (86 ta), “diskretsion vakolatlarning kengligi” (55 ta), “ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi” (27 ta) bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillar eng ko‘p uchrayotganligini ko‘rsatgan.