78-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova tomonidan Samarqand shahridagi 78-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammo va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 186-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, Samarqand shahar hokimining 2021 yil 4 martdagi 122-Q-sonli qarori asosida Samarqand shahridagi 78-son ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti turiga aylantirilgan.

O‘rganishda bola huquqlari bo‘yicha vakili A.Yunusova tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi va ta’lim sifati, ishchi xodimlar bilan mehnat shartnomalari to‘g‘ri tuzilganligi, hamshira tomonidan kunlik yuritilishi lozim bo‘lgan me’yoriy xujjatlari tanqidiy o‘rganildi. O‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 78-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori N.Qurbonovaga boshqarma boshlig‘ining 2021 yil 19 maydagi 261-“Q”-sonli Mehnat kodeksining 181-moddasi birinchi qismi 1-bandiga muvofiq “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berildi.

Bundan tashqari, Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ushbu ta’lim tashkilotining tom qismi, guruh xonalari va oqova suv tarmoqlarini ta’mirlash hamda qattiq, yumshoq, xo‘jalik jihozlari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan to‘liq ta’minlanishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmati.