9 aprel kuni viloyat Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘ladi
Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov 2 aprel kuni “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi 2021 yil 9 aprel kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari Dasturining ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimovaning hisoboti;
- viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborovning
“2021 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha hududlar va yo‘nalishlar kesimida manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli farmoni ijrosini ta’minlash haqida”gi 150/22-VI sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning
ijrosi (63-bandi) yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i F.Shayzakovning hisoboti;
- viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Jumayevaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti;
- boshqa masalalar.