Abdulla Aripov iste’foga chiqishini e’lon qildi. Hukumat tarkibi qaytadan tayinlanadi
- 21.01.2020 09:32
- 1355
- Dolzarb
Oliy Majlis Senatining 20 yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yalpi majlisida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasini o‘qib eshittirdi va muhokamaga qo‘ydi.
Senatorlar ushbu arizani qabul qildi. Hukumat iste’foga chiqdi.
Endi Hukumat tarkibi qaytadan tayinlanadi.