Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin
- 13.06.2020 10:10
- 356
- Ta’lim
Joriy yilda abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.
Teglar:
abituriyent