Aeroport direktori Afg‘on urushi qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi

“Samarqand” xalqaro aeroportida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aeroport ishchi xizmatchilari, tizimda ko‘p yillar mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdi. Tadbirda Samarqand xalqaro aeroporti direktori X.Mavlonov barchani bayram bilan tabriklab, bir guruh Afg‘on urushi qatnashchilariga sovg‘alar berdi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi “Temur fayz” bog‘chasi tarbiyalanuvchilari tomonidan she’rlar va Ikkinchi jahon urushi aks ettirilgan musiqali sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.