Aeroportda 160 million so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelayotgan fuqaro ushlandi
- 25.09.2019 16:27
- 118
- Jamiyat
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari va yuklari orasiga jismoniy shaxslar uchun olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 160 million so‘mlik 492,5 gramm qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringani aniqlangan.
DBQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Teglar:
zargarlik buyumlari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa