Afg‘oniston shimolidagi ko‘mir koni qulab tushdi

Afg‘oniston shimolida joylashgan Samangan viloyatidagi ko‘mir koni qulab tushdi. Vafot etganlar soni kamida 30 nafar ekanligi aytilmoqda. Bu haqda ToloNews telekanali xabar berdi.

Mahalliy politsiya vakili Abdul Munir Rahimi favqulotda vaziyat Dara-i-Sufi-Balla konida sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Mahalliy aholi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kamida o‘ttiz nafar konchi halok bo‘lgan va 12 nafari jarohatlangan. Vafot etganlar haqida rasmiy ma’lumot hozircha taqdim etilmadi.