Afg‘oniston sobiq prezidentining maslahatchisi Ashraf G‘ani AQShni qanday “aldaganini” aytdi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Hamdulloh Mohibning aytishicha, mamlakatda hukumat Tolibonga o‘tgan kuni G‘ani amerikaliklar bilan uchrashishdan qochgan, chunki "ularga boshqa ishonch yo‘q edi"...
Qobulni Tolibon qo‘lga olishi arafasida G‘ani “qirg‘inning oldini olish” maqsadida mamlakatni tark etgani aytilgandi. AQShning maxsus vakili Tolibon poytaxtni bosib olishidan bir necha soat oldin Qobulga ikki hafta kirmaslikka va’da berganini, G‘anining qochib ketishi esa amerikaliklar va Tolibon o‘rtasidagi bu kelishuvga putur yetkazganini aytdi.
Xalilzodning aytishicha, kelishuv vaqtida AQSh ma’muriyatida hech kim G‘ani mamlakatni tark etish niyatida ekanligiga shubha qilmagan. G‘ani qochib ketganidan so‘ng u g‘aznadan 169 million dollar o‘g‘irlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
1TV telekanalining xabar berishicha, G‘ani qochishga bir oy, rasmiylar esa pulni olib chiqishiga kamida bir hafta tayyorgarlik ko‘rgan. Keyinroq sobiq prezident BAAdan turib o‘zi bilan hech narsa olib ketmaganini aytdi.
Mohib CBS telekanaliga G‘ani va uning atrofidagilar bo‘lgan vertolyotlar Afg‘onistonni tark etayotganda “amerikaliklardan qochish” maqsadida pastlab uchishga majbur bo‘lganini tasdiqladi. “Ularga boshqa ishonch qolmadi... Men bir kun avval amerikaliklardan oddiy narsa so‘radim: agar bu kelishuv – hukumat Tolibonga o‘tadigan kelishuv ish bermasa... ular (AQSh) bizni qutqaradimi? Javob mujmal bo‘ldi" - ta’kidladi u. Mohibning aytishicha, o‘shanda “Tolibon” “homiylari” G‘anining boshini so‘rashgan edi.
Nima bo‘lganda ham sobiq maslahatchi sobiq prezident Afg‘onistondan millionlab dollar chiqarib ketgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. "Biz o‘zimiz bilan o‘zimizni olib ketdik. Odamlarning ko‘pchiligida... hatto almashtirishga kiyimi yo‘q edi. Shuning uchun Amirliklarda hatto prezident uchun ham almashtirishga yangi kiyim olishga to‘g‘ri keldi", deya qo‘shimcha qildi Mohib.