Afg‘onistonda bomba portlatilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Daykundi viloyatida avtomobilning portlatilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi yoki jarohatlandi. Bu haqda 29 sentyabr kuni Afg‘onistonning 1 TV telekanali xabar berdi.
Afg‘oniston IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, ayollar va yosh bolalar ham halok bo‘lgan portlash Tolibon terrorchilik harakati (O‘zbeksitonda taqiqlangan) tomonidan amalga oshirilgan.
Voqea yuzasidan “Tolibon” hozircha hech qanday izoh bermadi.
Bir muddat ilgari Qatarda, amirliklar vositachiligi yordamida so‘nggi bir necha o‘n yillardan buyon birinchi marta Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlangan edi. Muzokaralar jarayoni fevral oyi oxirida AQSh va Tolibon o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasida ko‘rsatilgan mahbuslarni ozod qilish sharti bajarilgandan so‘ng boshlandi. Shartnomaga binoan Afg‘oniston qamoqxonalaridagi 5 ming nafar Tolibon guruhi a’zolari ozodlikka chiqarildi.