Afg‘onistonda kamida 10 kishi tolibonlar tomonidan garovga olindi
- 08.09.2020 20:45
- 119
- Xorij
“Tolibon” terrorchilik harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) jangarilari Afg‘onistonnig shimoliy-sharqidagi Panjshir viloyatiga hujum uyushtirdi. Oqibatda kamida o‘n kishi garovga olindi. Bu haqda 8 sentyabr kuni Tolo News telekanali mahalliy hukumatga tayanib xabar berdi.
Viloyat kengashi rahbari Azmuddin Mirzayening ma’lum qilishicha, voqea 8 sentyabr kuni Abshar tumanida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari xodimlari yuborilgan.
Tuman rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tolibon a’zolari garovdagi odamlarni masjidga olib o‘tishgan. Bino xavfsizlik kuchlari xodimlari tomonidan o‘rab olingan. Ayni vaqtda odamlarni qutqarish rejasi ishlab chiqilmoqda.